SportUz.Net
photo photo

Tayson Fyuri kelgusi faoliyati bo'yicha qaror qabul qildi

25.12.2024 11:30    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq WBC chempioni Tayson Fyuri keyingi faoliyati haqida berilgan savolga javob berdi.

Britaniyalik bokschi ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi kechgan revansh jangida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. The Mirror nashrinining xabar berishicha, "Ciganlar qiroli" hali beri faoliyatini yakunlamaydi. Bu haqda uning o'zi oilasi va jamoasiga aytan.  

Bir muddat avval og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu Tayson Fyuri bilan revansh jangi o'tkazish istagida ekanini malum qilgandi. U o'tgan yilning oktyabr oyida britaniyalikka hakamlarning ayri qarori bilan imkoniyatni boy berib qo'ygandi. 

SHuningdek, Entoni Joshua ham hamyurti Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi bo'lyapti. Bu xabarni uning promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi.

"Tayson Fyurida faqat bitta jang va raqib qoldi - Entoni Joshua. Bu jangni ko'rishni hamma xohlayapti. SHaxsan men uchun ham Ey Jey yagona tanlov. Jang uchun ideal joy - "Uembli" stadioni. Bu jang jahon miqyosidagi katta voqelikka aylanadi", - dedi Xirn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: