CHarm qo'lqop ustamiz shu kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo o'tkir bronxit, yani Isroilning betobligi sababli ushbu jang bekor qilindi. Bu malumotni jang tashkilotchisi, Saudiya Arabistoni ko'ngilochar boshqarmasi boshlig'i Turki Al ash-SHeyx ham tasdiqlagandi.
"Sergey hech ikkilanishsiz Madrimov bilan jangga rozilik bergandi. Isroil betob bo'lib qolganidan juda afsusdaman. Bogachuk yangi berilgan raqib Ismael Salasni ham xotirjam qabul qildi. Sergey bu diviziondagi kuchli jangchi ekanini isbotlashda davom etadi. U Turki Al ash-SHeyx va Riyadh Season tomonidan bo'layotgan qo'llab-quvvatlovni hamisha his qilib turadi", — deya vaziyatga munosabat bildirdi Sergey Bogachukning promouteri Tom Leffler.
Endi Sergey Bogachuk 21 dekabr kuni britaniyalik Ismael Salasga qarshi ringga ko'tariladi. Madrimov esa 22 fevral kuni vaqtinchalik WBC chempioni Verjil Ortisga qarshi kechadigan jangiga tayyorgarlik ko'radi".