
Qita chempionatida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev chorak final jangida tailandlik Virapon Jongjohoni musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Bu safar u Xitoy Taypeyi bokschisi CHeng-En Liuga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Navbatdagi nokdaundan so'ng referi uchinchi raundning o'rtalarida jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Sakkizinchi bokschimiz ham Osiyo chempionatining finalida ishtirok etadigan bo'ldi.

"Bu unga cho'qqida qolish imkonini berdi" - Sobiq UFC chempioni Xabibning ustunligi sirini aytdi
Iliya Topuriya: "Men Maddalena emasman. Maxachevni o'ng qo'lim bilan ursam, uyquga ketadi"