Biroz avval UFC 310 turniri doirasidagi qiziqarli jang yakuniga etdi. Yarimengil vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Movsar Evloev sobiq UFC chempioni amerikalik Aljameyn Sterlingga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan murosasiz jangda Evloev nomdor raqibini ochkolar (29-28, 29-28, 29-28) hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Jangning katta qismi parterda kechdi.
SHu tariqa, Movsar UFC ligasidagi o'zining to'qqizinchi g'alabasini tantana qildi. Evloev vazn chempion Iliya Topuriya bilan jang qilishga tayyor ekanini bildirdi. Aljameyn Sterling esa o'tgan yilning avgust oyida o'zining UFC chempionlik kamarini boy bergandi. SHu yilning aprelida yangi vaznda muvaffaqiyatli debyut qilgandi.