"Sergey Bogachuk 90 foizdan ko'proq janglarini nokaut bilan yakunlagan, u Virjilni ikki marta nokdaun holatiga tushirgan. Bu safar ham u hakamlar bilan kulgili voqea bo'lmasligi uchun Madrimovni 21 dekabr kuni nokautga uchratmoqchi. Biz bosqichma-bosqich harakat qilyapmiz, Sergey Isroilni mag'lub etishga katta etibor qaratgan, keyin esa yo'limizda davom etamiz", dedi Leffler.
Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov Sergey Bogachukka qarshi 21 dekabr, Virjil Ortisga qarshi esa 22 fevral kuni jang qiladi.