"Men uyda o'tirib, kuta olmayman. Menga ko'proq janglar kerak. Hozir menda yaxshi bokschiga qarshi yaxshi jangim bor. Menga bu qiziq. Har ikki oyda jang qilib, g'alaba qozona olaman. Bu mening ishim va o'z ishimni yaxshi ko'raman.
Faoliyat qisqa bo'ladi. Bir yoki ikki yil davomida dam olishga, tiklanishga vaqtim yo'q. Men hozir ishlashim kerak. Pul topishim, Sergey Bogachuk kimligini odamlarga ko'rsatishim, ismimni tarixga yozishim va eng avvalo sog'lig'imni saqlashim kerak.
Odamlar menga Ortis bilan bo'lgan jangim yilning eng yaxshisi ekanini aytishadi, ammo men bunga esa yo'q deyman – Madrimov bilan yilning eng yaxshi jangini o'tkazishga harakat qilaman", dedi Bogachuk.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi