SportUz.Net
photo photo

Mayk Tayson: "Men hali ham musulmonman"

14.11.2024 16:03    


Rasmni yuklab olish

Sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson 1991 yilning noyabrida boshlangan sud jarayonidan oldin Islom dinini qabul qilganini aytdi.

So'ngra amerikalik boks ustasi zo'rlashda ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

"Men suddan ancha oldin Islomni qabul qilganman. U mening haqiqiy iymonimga aylandi. Men hali ham musulmonman va shunday bo'lib qolaman. Menga iymonim hayotning o'zi, borligim uchun kerak. Iymonsiz sizda hech narsa yo'q. Men hamma narsa – oilam uchun, hatto ko'chani kesib o'tishdan oldin ham ibodat qilaman", dedi Tayson.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: