Jinsi bo'yicha juda ko'p muhokamalarga sabab bo'layotgan jazoirlik bokschi Xalqaro boks associaciyasi (IBA) tomonidan 2023 yilgi jahon chempionatidan chetlatilgan edi.
"Men hech qachon bu hujjatlarni ko'rmaganman. Ha, avval ham, keyin ham. O'shanda menga bir varaq qog'oz berib, imzo chekishimni aytishgandi. Qog'ozga meni jahon chempionatidan chetlatish yozilgandi. Juda alamli holat bo'lgandi. Axir o'shanda men finalga yo'l olgan va jahon chempionatining oltin medali haqida o'ylayotgan edim. Haqiqatan ham, men bu narsaga ishonmagandim. Final oldidan menga nisbatan qilingan adolatsizlikdan keyin shokka tushib qolgan edim. Keyinroq menga test natijalarini jo'natishdi. Lekin unda hech narsa isboti bilan ko'rsatilmagandi. Biz Jazoir boks federaciyasi bilan apellyaciya berdik. Ammo IBAga ishonch yo'qligini tushunib etdik", — dedi Xelif Rai kanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, franciyalik jurnalist Jaffar Ayt Audia Xelifning gender testi xulosalarini chop etgandi. Tibbiy xulosalar jazoirlik bokschining erkak ekanligini isbotlagandi.
"Vahshiy tayyor". Mayk Tayson Polga qarshi jang oldidan qanday holatda ekanligini ko'rsatdi (FOTO)
"Men ko'zim bilan josuslik qilaman". "Golden Boy" Bektemir Meliqo'zievga oid post joylashtirdi