AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan ushbu turnirga bir oydan kamroq vaqt qolgan bo'lsa-da, UFC bosslari bu jangni amalga oshirishning imkoni bor deyishyapti. Gap raqibsiz qolgan SHavkat Rahmonov hamda vaznning sobiq chempioni Kamaru Usman jangi haqida ketmoqda.
Aynan shu to'qnashuv 7 dekabr kungi 2024 yilning so'nggi raqamlangan turniri - UFC 310 oqshomining markaziy jangi bo'ladi. Aslida shu kuni qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi yarimo'rta vaznda UFC chempioni Belal Muhammadga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Amaldagi amaldagi chempion oyog'idagi infekciya sabab safdan chiqqandi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda "Nigeriyalik dahshat" yarimo'rta vazn UFC reytingida ikkinchi, "Nomad" esa uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jang g'olibi vaqtinchalik UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. Usman so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Xamzat CHimaevga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgandi.
Petr Yan Figereydu bilan jangga oz qolganida qanday formada ekanini ko'rsatdi + FOTO