"Negadir yo'q! Inoue bu jangga ikki marta buyruq berilganiga qaramay, negadir Ahmadaliev bilan jang qilmayapti", deb yozdi Xirn.
Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik mutlaq jahon chempionining WBA kamariga majburiy davogar hisoblanadi. Naoyaning navbatdagi jangi 24 dekabr kuni avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi bo'ladi.
Ahmadaliev esa 14 dekabr kuni WBA Interim kamari uchun Rikardo Espinosaga qarshi ringga ko'tariladi.