SportUz.Net

Dog'iston rahbari Artur Beterbievga uy sovg'a qildi

04.11.2024 18:03    


Rasmni yuklab olish

Dog'iston Respublikasi rahbari Sergey Melikov yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev bilan uchrashdi.

Beterbievga dog'istonlik muxlislar va homiylar so'ragan kvartira sertifikati topshirildi.

"Men ham barcha boks muxlislari kabi jangni boshidan oxirigacha tomosha qildim. Raqib munosib edi. Dog'iston, CHecheniston va umuman butun Kavkaz siz uchun muxlislik qiladi va sizni qo'llab-quvvatlaydi. Sizni barchamiz o'z bokschimiz, hamyurtimiz, birodarimiz deb bilamiz va g'alaba sizniki ekanligidan juda xursandmiz. 

Sizning qo'lqoplaringiz men uchun qadrli joyga osilgan. Kichkina qarindoshlarim meni ko'rgani kelganlarida, har doim bular kimning qo'lqoplari ekanligini aytaman. Xudo sizni panohida asrasin, jarohatingizdan xalos bo'ling va mashg'ulotlarga yangi kuch bilan qayting.

Dog'istonda muxlislaringiz ko'p. Dog'iston sizning vataningiz, siz va oilangiz uchun qulay sharoitlar bo'lishi kerak. Biz sizni juda qadrlaymiz va har qanday vaziyatda ham siz bilan birga bo'lishga tayyormiz", deya Melikovning so'zlarini keltiradi Dog'iston Respublikasi rahbari mamuriyati matbuot xizmati.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: