Asli gruziyalik aralash yakkakurash ustasi o'tgan shanba oqshomida Abu-Dabi shahrida o'tkazilgan UFC 308 turnirida ilk bor chempionlik kamarini himoya qilgandi.
"Men Maks Xolloueyni nokautga uchratdim. Bu afsonaning ilk nokautli mag'lubiyati edi. Dana esa menga bor yo'g'i 50 ming dollar bonus puli berdi. Umid qilamanki, kelasi safar u menga ko'proq mukofot puli taqdim etadi", — deya Topuriyaning norozilik so'zlarini keltirdi UFC matbuot xizmati.