SportUz.Net

SHara Bulletning keyingi jangi qachon va qaerda bo'lishi aytildi

30.10.2024 15:48    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasi kelajagi sifatida qaralayotgan SHarabutdin Magomedovning UFC promoushenidagi keyingi jangi haqida xabar berildi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 2025 yilning 1 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 250 turnirida oktagonga chiqadi. Hozircha uning raqibi kim bo'lishi haqida malumot berilmagan. 

SHara Bullet o'tgan haftaning shanba oqshomida dunyoning eng kuchli Ligasidagi ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. U BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tgan UFC 308 turnirida sobiq sparring-raqibi armanistonlik Armen Petrosyanni ikkinchi ranudda ikkitalik bekfist zarbasi bilan nokautga uchratgan edi. 

O'sha jangdan keyin SHara Bullet o'rta vaznda sobiq UFC chempioni Israel Adesanyaga "vyzov" tashladi. Kecha elon qilingan yangi reytingda SHarobutdin 14-o'ringa ko'tarilib oldi. 

"Biz 1 fevral kungi turnirga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Raqib hali malum emas. Lekin bizga 1 fevral kuni Saudiya Arabistonidagi turnir uchun jang berishdi. Balki, bu Adesanya bo'lar", - dedi Magomedovning murabbiylaridan biri. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: