SportUz.Net
photo photo

Matchroom Boxing bo'lajak jangi oldidan Isroil Madrimovga oid post joyladi (FOTO)

18.10.2024 19:03    


Rasmni yuklab olish

21 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks oqshomi o'tkaziladi.

Markaziy jangi britaniyalik Tayson Fyuri hamda og'ir vaznda mutlaq Jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik o'rtasida kechadigan boks oqshomi doirasida hamyurtimiz, super yarim o'rta vaznda WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov ham ringga chiqadi.

Madrimovga oqshom doirasida Ukraina vakili Sergey Bogachuk raqib bo'ladi.

Isroil bilan hamkorlik qiluvchi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi Instagram orqali hamyurtimizga oid post joyladi:

"Sana: 21 dekabr. Isroil Madrimov Sergey Bogachukka qarshi katta jang bilan qaytmoqda. Bu "olov" bo'lishini vada qilmoqda", deya quyidagi suratlar izohlangan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: