SportUz.Net
photo photo

Azizbek Temirov akasi haqida: "Ko'pchilik UFC'ga o'ta olmaydi, deb aytgandi"

16.10.2024 14:21    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Azizbek Temirov akasi Ramazon haqida gapirdi.

Ramazon Temirov 13 oktyabr tongida UFC'da ilk bor jang qilgandi. U amerikalik Si Jey Vergaraga qarshi kechgan jangda birinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozongan edi.

"Hech qaysi inson biror kishining taqdiri haqida bashorat qila olmaydi. Kechagidek esimda, ko'pchilik UFC'ga o'ta olmaydi, UFC'ga tortmaydi deb aytgandi. Allohga oson, Alloh siz bilan ekan, sizni hech qachon hech kim to'xtata olmaydi", dedi Azizbek Temirov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: