SportUz.Net

Eddi Xirn: "Mutlaq chempionlik unvonini Bivoldan o'g'irlashdi"

15.10.2024 14:30    


Rasmni yuklab olish

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari, rossiyalik Dmitriy Bivol bilan hamkorlik qiluvchi Eddi Xirn mijozining mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

"Mutlaq chempionlik unvonini Bivoldan o'g'irlashdi. Beterbiev jamoasi mag'lubiyatga uchraganini bilardi. Men Beterbievga nisbatan hurmatsizlik qilishni xohlamayman. Artur va Dmitriy bizning avlodning ikki buyuk bokschilaridir. Ammo siz Beterbiev jamoasining jangdan keyingi xatti-harakatlariga qarasangiz, ular burchakda turib, bu jangda mag'lub bo'lganliklarini tushunib turgandi. 116-112 Beterbiev foydasiga? Hakam atigi to'rt raundni Bivol foydasiga berdi? Bu – masxaralash! Dmitriy raundlar bo'yicha 7-5 yoki hatto 8-4 hisobida g'alaba qozondi. U bu jangda xotirjamlik bilan kurashdi va oxirida ataylab bir qancha raundlardan voz kechdi, ammo u g'alaba qozondi va Beterbiev jamoasi buni biladi.

Burchakda, so'nggi raund oldidan ular Beterbievga g'alaba qozonish uchun Bivolni nokautga uchratish kerakligini aytishgandi. Ular Bivoldan mutlaq jahon chempioni unvonini o'g'irlab olishganiga ishona olmayapman. Bu – talonchilik", dedi Xirn.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: