SportUz.Net

Dmitriy Bivolning jamoasi Beterbievga qarshi jang hakamligiga "protest" beradi

14.10.2024 09:48    


Rasmni yuklab olish

Dmitriy Bivolning jamoasi Artur Beterbievga qarshi jang hakamligi ustidan shikoyat qilmoqchi.

Bu haqida uning menejeri Vadim Kornilov malum qildi. 

"Ha, biz dushanba kuni shikoyat yozamiz. Barcha bilan kelishib, shunday qilyapmiz. Bu ish bermasligini tushunamiz, ammo 116:112 hisobini qo'ygan hakam javob berishi kerak. U nima qilib qo'yganini tushunib turibdi. Bu sport uchun achinarli muammo. 

Hakamlar bilan do'st bo'ladigan supervayzerlar ko'p. Ular promouterlar bilan quchoqlab ko'rishishadi. Bu katta sxemaga o'xshaydi.

Bu hakam ko'p janglarda qatnashgan, u bahslarda yaxshi hakamlik qilgan. Agar uni yana barcha zarbalarni sanab chiqishga majbur qilishsa, yaxshi bo'lardi. Qaerda u 116:112 hisobini ko'rganini tomosha qilishni istardim", - dedi Kornilov. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: