Britaniyalik bokschi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga izohli surat joyladi. Unda o'zi va Joshuani taqqoslagan.
Joshua. Mening nonushtam tuxum, hurmodan iborat. Keyin men juda ko'p bo'tqa, proteinli kokteyl, bir stakan apelsin sharbati, bir stakan asal, limon va imbirdan iborat.
Fyuri. Eslayman, bir kuni kechqurun 14 pint pivo ichib, keyin TOP-10 reytingida borayotgan uch nafar superog'ir vazn toifasi jangchisi bilan sparring o'tkazib, ularning hammasini dodini bergandim.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri navbatdagi jangini 21 dekabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida uchta asosiy yo'nalish chempioni bo'lib turgan ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi o'tkazadi.