U 6 oktyabr kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida tashkil etiladigan MMA bo'yicha Octagon 64 turnirida tojikistonlik SHerzod Ibodilloev bilan to'qnash keladi.
"Men Olma-Otada tashkil etilayotgan yuqori darajadagi turnirda ishtirok etishdan juda xursandman. Raqibim jiddiy, ammo biz ham "podarka" emasmiz. Bu jangda men bilan o'zbekcha "dux" bo'ladi. Men SHerzodni chiroyli nokautga uchratish niyatidaman. U mening kurashimni sinovdan o'tkazmoqchi, men bunga imkon beraman", dedi Azizbek.
Malumot uchun, UFC jangchisi Ramazon Temirovning ukasi bo'lgan Azizbek prof faoliyati davomida hozirga qadar 4 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. SHerzod Ibodilloev hisobida esa 7 g'alaba va 3 mag'lubiyat bor.