SportUz.Net

Xabib Nurmagomedov: "Men juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydim"

02.10.2024 10:33    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida rossiyalik sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'tmishdagi xatolaridan afsuslanishini aytdi.

"Men juda afsusdaman, faoliyatim, matbuot anjumanlari va mushtlashuvlardan afsus chekaman. Men o'z intervyularimni qayta ko'rishni yoqtirmayman. Men juda ko'p xato qildim", deya tan oldi rossiyalik sobiq aralash yakkakurash ustasi.

Ayni damda Xabibning amakivachchalari Umar va Usman Nurmagomedov ham aralash yakkakurashlar bo'yicha o'z mahoratini namoyish etmoqda. Umar UFC'da eng engil vazn toifasida chempionlik uchun davogar bo'lsa, Usman Nurmagomedov engil vazn toifasida Bellator ligasi chempioni hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: