Aslida, 5 oktyabr kuni Toshkent shahrida tashkil etilishi kerak bo'lgan turnirda hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov ham ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.
Uning Octagon 64 turniri doirasidagi raqibi kim bo'lishi elon qilindi. Unga ko'ra, yarim o'rta vaznli hamyurtimiz bu safar braziliyalik Jekson Farias bilan to'qnash keladi.
Musobaqaning markaziy jangi o'rta vazn chempioni, o'zbekistonlik Islom Boltaev hamda Baurjan Kuanishbaev o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, SHohasan faoliyati davomida 16 ta jang o'tkazib, 13 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini 19 iyul kuni qozog'istonlik Mahir Mamedovga qarshi o'tkazib, 2-raundda nokaut orqali g'olib bo'lgan edi. Raqib hisobida esa 10 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.
Ramazon Temirov UFC bonusini qo'lga kiritgan to'rtinchi o'zbekistonlik jangchi bo'ldi