Boks bo'yicha jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov "CHempionlar oqshomi"da kamar uchun jang o'tkazadi.
28 sentyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkaziladigan jang oqshomida Mirazizbek Mirzaxalilov rossiyalik Vsevolod SHumkovga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang -57 kg vazn toifasida IBA chempionligi uchun o'tkaziladi.