SportUz.Net
photo photo

"Agar Uittaker Adesanyaga qarshi men bilan jangdagi kabi kurashsa, kamarni qaytarib olish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi"

18.06.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn UFC vakili Kelvin Gastelum Robert Uittaker va divizion chempioni Israil Adesanya o'rtasida bo'lib o'tadigan jang haqida taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bizning jangimizda Robert menda juda katta taassurot qoldirdi. Agar Uittaker Adesanyaga qarshi men bilan jangdagi kabi kurashsa, kamarni qaytarib olish uchun katta imkoniyatga ega bo'ladi.

Bizning jangimizda u mendan bir qadam oldinda edi. Men uni bu qadar yaxshi deb o'ylamagandim. Hatto Adesanya ham men bilan bunday qila olmasdi.

Robert meni ranjitdi va meni juda yomon ko'rinishga olib keldi. U mendan ancha tezroq edi, u oyoq harakatlarini mukammal bajarardi, mening hujum chizig'imda turib qolmasdi va jebdan foydalanardi. U doim mendan oldinda edi", - dedi Gastelum.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: