SportUz.Net
photo photo

Promouter Usik va Joshua o'rtasidagi jangning ehtimoliy sanasini aytdi

18.06.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Eddi Xirn ringtv'ga Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi uchrashuv 18 yoki 25 sentyabrda bo'lib o'tishini aytdi.

Xirnning so'zlariga ko'ra, boks jamoalari Joshua va WBC chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi birlashtiruvchi jang bekor qilinganidan keyin WBO tomonidan tayinlangan jang bo'yicha kelishuvga erishgan.

Avvalroq Joshua va Usik bir emas, ikkita jang o'tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Bu haqda jurnalist Maykl Benson aytib o'tdi.

“Eddi Xirn Entoni Joshua va Aleksandr Usik ishtirokidagi jang uchun shartnomada revansh varianti borligini tasdiqladi (agar Usik g'alaba qozonsa). Birinchi jang Joshuaning majburiy himoyasi bo'lishiga qaramay, ikkala tomon ham kelishib oldilar. SHartnomada, agar Usik yutqazsa, ikkinchi jangga oid band ham bor deb yozdi jurnalist o'zining Twitter'ida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: