SportUz.Net
photo photo

Tayson Fyuri: Uaylderning matbuot anjumanidagi o'zini tutishi uning ruhiy jihatdan qanchalik zaifligini ko'rsatmoqda

17.06.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0-1, 21 KO) matbuot anjumanida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder (42-1-1, 41 KO) ning xatti-harakatlari to'g'risida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uning xulq-atvori ruhiy jihatdan qanchalik zaifligini, so'nggi jangdagi zarbalar uning hayotiga ruhiy va jismoniy tasir ko'rsatganligini ko'rsatadi.

Men Uaylderga berilgan mag'lubiyatdan keyin ancha vaqt xavotirda edim. Va shubhasiz, u o'zining kichkina ishini naushnik bilan qilmoqda va hech qanday savolga javob berishni xohlamaydi. Bu uning ishi, ammo men har doimgidek jangni targ'ib qilish va matbuot bilan aloqa o'rnatish uchun shu erdaman. Demak, Deontey Uaylder ushbu matbuot anjumanida qatnashishni istamasa, menga Deontay Uaylder rolini bajarishga ijozat bering. Agar xohlasangiz, men ikki kishilik obrazni ijro etaman. Ha, men bunday o'yinlarda rollarni yomon o'ynamayman", - dedi Fyuri.

Anjuman davomida Uaylder naushnikda musiqa tingladi va boshini qimirlatdi.

Fyuri - Uaylder jangi 24 iyul kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: