SportUz.Net
photo photo

43 yoshli UFC sportchisi: "So'nggi jangimni Neyt Diazga qarshi o'tkazmoqchiman"

16.06.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

43 yoshli UFC jangchisi Demian Mayya o'zining Bilol Muhammadga qarshi jangidan so'ng fikr bildirdi. U o'zining hayrlashuv jangini Neyt Diazga qarshi o'tkazmoqchi.

"Men Bilol bilan jangga juda kuchli tayyorgarlik ko'rgandim. Ammo, g'alaba qozona olmadim. Oldinga intilishim lozim. Biroq, yosh o'z so'zini aytmay qolmayapti. Ishonamanki, UFC menga oxirgi, xayrlashuv jangini beradi.

Neyt Diaz, men seni haqiqiy afsona deb bilaman. UFC menga imkoniyat bersa, sen bilan jang qilish sharaf bo'lgan bo'lardi", - dedi Demian Mayya.

Eslatib o'tamiz, Neyt Diaz ham UFC 263 turnirida Leon Edvardsga mag'lubiyatga uchragandi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: