SportUz.Net

Boksda ilk medalimiz naqd: Lazizbek Mullojonov Parij Olimpiadasi yarim finaliga yo'l oldi!

02.08.2024 01:42    


Rasmni yuklab olish

Bokschimiz Lazizbek Mullojonov (92 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari doirasida chorak final jangini o'tkazdi.

Braziliyalik Keno Machadoga qarshi kechgan jangda Mullojonov 5:0 hisobida g'alaba qozondi va yarim finalga yo'l oldi.

Bu o'zbekistonlik bokschilar musobaqada qo'lga kiritgan ilk yarim final yo'llanmasiga aylandi.

Malumot uchun, Parij Olimpiadasida yarim finalda mag'lub bo'lgan bokschilar bronza medali bilan taqdirlanadi.

Endilikda Lazizbek Mullojonov final chiptasi uchun 4 avgust kuni tojikistonlik Davlat Boboevga qarshi ringga chiqadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: