SportUz.Net
photo photo

UFC 263. Adesanya kamarni saqlab qoldi, Figeredodan kamarni olib qo'yishdi va boshqa natijalar

13.06.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

Arizona shtatida UFC 263 turniri nihoyasiga etdi.


Bugungi barcha natijalar:

Israel Adesanya - Marvina Vettori (Adesanya 50-45, 50-45, 50-45 hisoblarida g'alaba qozondi)

Brendon Moreno uchinchi raundda Deyvison Figeredoni bo'g'ish usulida mag'lub etdi

Leon Edvards Neyt Diazni ochkolar evaziga mag'lub etdi (49-46, 49-46, 49-46).

Bilol Muhammad Demian Mayani ochkolar evaziga mag'lub etdi (30-27, 29-28, 29-28).

Pol Kreyg Jamal Xillni birinchi raunda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi

Movsar Evloev Xakim Davoduni ochkolar evaziga mag'lub etdi (29-27, 29-27, 29-27).


Bugungi janglar o'z yakuniga etdi. www.olamsport.com saytida turnirdan matnli translyaciya olib borildi. Bizni kuzatishda davom eting. 

10:24 Bugungi asosiy uchta jangda, Israel Adesanya, Brendon Moreno va Leon Edvards g'alaba qozondi!

10:22 SHunday qilib, "Izzi" Adesanya Marvin Vettori ustidan ajoyib g'alaba qozondi. Jang biroz passiv kechdi. Adesanya Vettorini klassda yutib ketdi.

10:19 AND STILL!!! Israel Adesanya 3:0 hisobida g'alaba qozondi!

10:18 Israel ochiqchasiga Vettorining ustidan kulmoqda. Uning aktyorlik qobiliyati, bizning aktyorlardan yuqoriligi ko'rinib turibdi

10:17 JANG TUGADI! "Izzi" g'alaba qozonganiga shubha qilmayapti.

10:14 Israel oyoq zarbalari va masofani ushlash orqali maqsadiga yaqinlashmoqda. Vettoridan esa o'xshamagan teykdaunlar va klinch

10:12 Jangning asosiy qismi, klinchda, "setka"ga tiralgan holda o'tmoqda

10:11 BESHINCHI, CHEMPIONLIK RAUNDI!

10:10 Jangda temp biroz past.

10:07 4 raund. Israel teykdaunlardan oson chiqib ketyapti

10:04 Marvin Vettorining murabbiyi: "U seni zarbalar soni bo'yicha yutib ketyapti, biroz agressivroq bo'l" 

10:04 Uchinchi raund yakunlanishiga biroz qolganda Adesanya Marvinning "nozik" joyiga zarba berib yubordi. Aftidan, hammasi yaxshi.

10:03 Lou-kikdan so'ng Vettori yiqilib tushdi.

10:03 Oyoq bilan berilgan zarbalar 24-6, Adesanya foydasiga. Lou-kiklar Marvinga sezilarli zararlar etkazmoqda.

10:00 Marvin Vettori Adesanyani bo'g'ib qo'yishiga sal qoldi, ammo Adesanya vaziyatni o'ngladi.

9:58 Vettorining murabbiyi "Biz yutqazyapmiz" dedi. Balki, bu Marvinning koncentraciyani yoqotmasligi uchun aytilgandir. 

9:56 2 raund tugadi. Juda tengma-teng jang. Vettori ajoyib taassurot qoldirmoqda. Ammo "Izzi" hammasini nazorat qilgandek tuyilmoqda.

9:51 Birinchi raund tugadi. Biroz ustunlik Marvin Vettorida bo'lgandek tuyildi. Umuman olganda jangchilar bu raundni bir birlarini o'rganishga sarflashdi.

9:49 Birinchi raund. Marvin Vettoridan birinchi teykdaun. Marvin Israelning Blaxovich bilan jangini tomosha qilgan shekilli. Ammo, hammasi ortda qoldi. Jangchilar stoykada jangni davom ettirishadi.

9:45 JANG BOSHLANDI!

9:44 Yana o'sha holat. Muxlislar uvillashmoqda, bu safar Marvin Vettoriga qarshi. Adesanya esa Yangi Zelandiyalik bo'lsa ham, AQSHda "lyubimchik"

9:41 Marvin Vettori 5talik g'alabali seriyaga ega, Israelda esa -1. Ammo, bu oldindan baho berishga sabab bo'lmaydi

9:40 Israel Adesanya o'zgacha ko'rinishda chiqib kelmoqda

9:36 Vettori oktagonga chiqib kelmoqda

9:32 Vettori press-konferenciyada ko'p narsani vada qilgan. Ko'ramiz u bu gaplarni xaqiqatga aylantira olarmikan. Har holda, Figeredo kechagi gaplariga javob bera olmadi, Vettorichi?

9:29 NAVBAT ASOSIY JANGGA! Israel Adesanya va Marvin Vettori jangi. Israel chempion, Marvin esa davogar. Bu ikki jangchining o'zaro ikkinchi jangi, birinchisida Israel Adesanya g'alaba qozongan.

9:24 Brendon Moreno Meksikalik ilk chempion!

9:22 Moreno quvonch ko'zyoshlarini tiya olmadi. "Men yaqindagina Meksikadagi qishloqlarning birida oddiy yigit edim. Hozir esa sen bilan turibman Jo (Rogan)!", -dedi Brendon Moreno.

9:17 Brendon Moreno 3 raundda Deyvison Figeredoni bo'g'ish uslubi bilan mag'lub qildi!

9:17 JANG TAMOM!!! Brendon Moreno yangi chempion!!!!!

9:14 Morenoning ko'zida qontalash (gematoma) holati ko'rinmoqda

9:14 Ikkinchi raund. Figeredo raundning dastlabki ikki daqiqasini parterdagi ustunlik bilan o'tkazdi. Keyingi daqiqalarda esa, Moreno aynan shu ishni amalga oshirdi. Ushbu raundda stoykadagi jangni deyarli ko'rmadik. Raund tugadi.

9:08 Moreno ushbu nokdaun hisobiga raundni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

9:07 Buum! Brendon Moreno Figeredoga juda kuchli zarba berdi, Figeredo muvozanatni yo'qotdi. Xammasi joyida, Figeredo parterda vaziyat yumshatdi. 

9:00 Jang boshlandi. Muxlislar bu safar Brenden Moreno bilan, ular Figeredoni uvillashlar bilan kutib olishmoqda.

8:59 Ikki jangchi o'rtasidagi birinchi jang durang bilan yakunlangandi. Ular orani ochiq qilish uchun ikkinchi jangni o'tkazishmoqda.

8:54  Navbat Deyvison Figeredo  (56,7 kg) — Brendon Moreno (56,7 kg) o'rtasidagi eng engil vazn chempionlik jangiga.

Mana o'sha zarba: Leon Edvards o'zini yo'qotib qo'ygan va sal qolsa jangni boy berib qo'yishi mumkin bo'lgan holat.

8:47 Neyt Diaz muxlislar olqishiga sazovor bo'lmoqda, oxirgi raunddagi harakatlari juda ajoyib bo'ldi, Neytga bir necha daqiqa etishmadi.

8:44 Leon Edvards ochkolar hisobiga g'alaba qozondi! Muxlislar uvillashmoqda, ular Neytni sevishadi.


8:43 NEYT DIAZ!!!!!!!!! AJOYIB ZARBADAN SO'NG LEON MUVOZANATNI YOQOTDI!!!! LEON ZO'RG'A TIRIK QOLDI, U SOATGA QARAMOQDA! BO'LDI, LEON JON SAQLAB QOLDI. JANG TUGADI.

8:37 Oxirgi raund. Neyt jangni saqlab qolishi uchun qandaydir mo'jiza ko'rsatishi lozim, uning qo'lidan keladi.

8:36 4 raund tugadi. Umumiy kartinada Leon Edvards katta ustunlikga ega. Neyt Diazga esa shunchaki qoyil qolish kerak. CHap ko'zidan muntazam qon ketmoqda, u esa kurashishda va zarbalar berishda davom etmoqda.

8:31 Kardio masalasida 4 raundda Leon ustundek ko'rinmoqda. Neytda jarohatlar bor.

8:30 Leon Edvards juda osonlik bilan teykdaunlarni amalga oshirmoqda. Leon teykdaun holatida, ostidagi Diazga juda qattiq zarba berdi. Neyt Diazning qoshi yorildi. Hammayoq qonga belangan. 3 raund tugadi.

8:23 2 raunddan tugadi. Stoykada Neyt Diaz biroz ustundek ko'rinmoqda. Bir necha zarbalarni qabul qilgan Edvards jangni parterga ko'chirishga intilmoqda. 

8:17 Neyt Diaz jangni raqsga tushish bilan boshladi. Dastlabki 3 daqiqada Neyt biroz ustunlik ko'rsatdi. Oxirgi ikki daqiqada esa Leon Edvards teykdaunni amalga oshirdi. Ammo Diaz o'z ishining ustasi, teykdaundan himoyalanishga erishdi

8:12 Amerikaliklar Neyt Diazni sevishadi, ular Leon Edvardsni shovqinlar bilan kutib olishdi. 5 raundlik jang boshlandi!

8:06 Neyt Diaz va Leon Edvards oktagonga ko'tarilshoqda

8:00 Belal Muxammad Demian Mayyaga qarshi jang o'tkazdi katta ustunlik bilan g'alaba qozondi

7:50 Assalomu alaykum qadrli MMA ishqibozlari. Bugun Arizona shtatida uzoq kutilgan UFC 263 turniri o'tkazilmoqda. Sizlar bilan bugun Jalolxon Inog'omxo'jaev mazkur turnirni onlayn ravishda kuzatib boradi. 

Bugungi shou kardidan quyidagi asosiy janglarni birga kuzatib boramiz:

Israel Adesanya 183,5 funt (83,2 kg) — Marvin Vettori 184,5 (83,7 kg)

Deyvison Figeredo 125 funt (56,7 kg) — Brendon Moreno (56,7 kg)

Leon Edvards 170,5 funt (77,3 kg) — Neyt Dias 170 funt (77,1 kg)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: