SportUz.Net
photo photo

UFC 263. Moreno meksikalik birinchi UFC chempioni!

13.06.2021 11:20    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Arizona shtati Glendeyl shahrida tashkil etilgan UFC 263 turniri o'z yakuniga etdi.

Oqshomning anderkard jangida oktagonga ko'tarilgan meksikalik Brendon Moreno ikkinchi urinishda UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. U eng engil vazn toifasi chempioni bo'lib kelgan braziliyalik Deyveson Figeredoni revansh jangida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

Meksikalik 27 yoshli "Lego" konstruktorlari muxlisi bo'lgan Morenoning Figeredoga qarshi ilk jangida durang natija qayd etilgandi. Uch yil oldin uni ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng ko'zga ko'ringan MMA-promoushenidan haydashgandi. Bu borada Brendon UFC chempioni bo'lgan birinchi meksikalikka aylandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: