
"Arzirli raqib har doim topiladi. Ishonavering, men yaqinda shunday jangchi topamanki, muxlislar uni darhol Adesanya bilan jang qilishini xohlab qolishadi. SHu sababli ham Israel boshqa vaznga oshiqmay turgani maqul.
U o'rta vaznda jang qilaversin va bir necha jangdan so'ng boshqa vaznga o'tishni o'ylab ko'rar. Ammo, u o'rta vaznda qolib ushbu vazndagi barcha davrlardagi eng kuchli jangchi bo'lishi ham mumkin", -dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, Israel Adesanya ertaga Marvin Vettori bilan jang qiladi.
"Bu unga cho'qqida qolish imkonini berdi" - Sobiq UFC chempioni Xabibning ustunligi sirini aytdi
Iliya Topuriya: "Men Maddalena emasman. Maxachevni o'ng qo'lim bilan ursam, uyquga ketadi"