Hamyurtimiz 2 avgust kuni AQSHning Nyu-York shtati, Salamanka shahrida bo'lib o'tadigan LFA 189 turnirida oktagonga chiqadi. O'sha kuni Mirafzalga amerikalik Jeffri Kreyg raqiblik qiladi.
Oqshomning markaziy jangi ayollar o'rtasida minimal vaznda LFA chempioni, rossiyalik Natasha Kuzyutina hamda Braziliya vakilasi Bruna Ellen o'rtasida kechadi.
Eslatib o'tamiz, Mirafzal Axtamov so'nggi jangini 2023 yil 17 noyabr kuni LFA 172 musobaqasi doirasida Keyt Dousonga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Uning hisobida jami 6 g'alaba va 1 durang bor.
Jeffri Kreyg esa faoliyati davomida 7 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Xolland, Vera, Zaxabi va boshqalar Vankuverdagi UFC Fight Night 262 turnirida jang qiladi + POSTER
Dyu Plessining murabbiyi: "Revanshda Xamzat CHimaevni yo'q qilib tashlashni istayman"