SportUz.Net
photo photo

SHohjahon Ergashevning uzoq kutilgan jangi muddatidan oldin yakunlandi

11.06.2021 22:40    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahrida professional boks oqshomi yakunlandi.


Kechaning markaziy jangida engilmas bokschimiz SHohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi jang qildi. 12 raundga mo'ljallangan bahs birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Jangni shiddat bilan boshlagan SHohjahon Ergashev ilk raunddayoq zarbalar seriyasini namoyish etdi va raqibini muvozanatdan chiqardi. Referi esa shu zaxoti jang yakunlanganligini elon qildi. SHu tariqa, Ergashev Toshkentdagi jangini texnik nokaut bilan yakunladi. 


Jang oqshomi olamsport.com sayti orqali matnli translyaciya qilindi. 



22:35. Yakuniy qaror elon qilindi. SHohjahon Ergashev texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. 


22:33. Ergashevning jangini tomosha qilaman deb arenaga tashrif buyurgan muxlislar esa norozi. 


22:30. SHohjahonning kuchli zarbalar seriyasidan so'ng bahs to'xtatilgan. Tanzaniyalik bokschi jang qilishni istamoqda. Referi esa jangni davom ettirishga yo'l qo'ymayapti. 


22:28. Referi birinchi raunddayoq bahsni yakunlamoqchi. Tomosha qilaylik jangni!


22:22. Tanzaniya va O'zbekiston davlat madhiyalari yangramoqda!


22:17. SHohjahon Ergashev ringga chiqib kelmoqda. U SHerali Jo'raevning "O'zbegim" qo'shig'i sadosida ringga chiqdi. Qo'shiqni Zoxirshox Jo'raev ijro etmoqda.


22:05. Endi navbat SHohjahon Ergashevning jangiga!


22:04. Sergey Vorobev (Rossiya) - Aleksandr Juravskiy (Qozog'iston) jangi yakunlandi. Sergey Vorobyov muddatidan oldin qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi. 


SHahram G'iyosov Ulug'bekka sekundantlik qilgan ajoyib jangdan FOTOGALEREYA


21:44. Ulug'bek Haqberdiev 8 raundlik jang o'tkazdi va unda ochkolar evaziga g'alaba qozondi.


SHohjahon Ergashevning boks oqshomi: SHahram G'iyosov sekundant rolida + FOTO


21:08. Ulug'bek Haqberdievning jangi boshlandi. Unga o'zbek boksi yulduzi SHahram G'iyosov sekundant bo'lib chiqdi. 


SHohjahon Ergashev jangga qanday libosda chiqadi? Kiyinish xonasidan eksklyuziv FOTOGALEREYA


20:55. Bazi sabablarga ko'ra Bekzod Qodirovning Vladimir Mironenkoga qarshi jangi o'tkazilmadi. Bokschilardan biri vazn qila olmagani uchun jang bekor qilindi. 


Jamshid Najmiddinovning nokautli jangidan ajoyib FOTOGALEREYA


20:41. Jamshid Najmiddinov gruziyalik raqibini 5-raundda nokautga uchratdi! U jang davomida raqibini 3 marotaba nokdaun holatiga tushirdi!


20:19. Endi Jamshidbek Najmiddinov gruziyalik raqibga qarshi ringga ko'tariladi. 


Botirjon Zokirov rossiyalik raqibini mag'lub etgan jangdan FOTOGALEREYA

20:15. Botirjon Zokirov rossiyalik 4 raund davom etgan jangda rossiyalik raqibini ochkolar evaziga mag'lub etdi. 

19:55. SHouning ikkinchi jangi boshlanmoqda: O'zbekistonlik Botirjon Zokirov rossiyalik Aleksandr Saltikovga qarshi ringga ko'tariladi. 


Birinchi jangdan qaynoq suratlar saytimizga joylashtirildi: Boks. Asrorbek Rahimov - Ismoiljon Xoliqov jangidan FOTOGALEREYA

19:46. Kechaning ilk jangida "Axmad O'zbekiston" klubining ikki vakili - Asrorbek Rahimov va Ismoiljon Xoliqov o'zaro to'qnash keldi. 4 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Unda Asrorbek Rahimov ochkolar evaziga g'alaba qozondi. 


19:24. Assalomu alaykum hurmatli boks muxlislari. Toshkent shahridagi professional boks oqshomidan onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


Bugun quyidagi juftliklar ringda o'zaro to'qnash kelishadi:

SHohjahon Ergashev (O'zbekiston) - Salimu Jengo (Tanzaniya) 

Sergey Vorobev (Rossiya) - Aleksandr Juravskiy (Qozog'iston)

Ulug'bek Haqberdiev (O'zbekiston) - Dmitriy Atroxov (Belarus)

Vladimir Mironenko (Rossiya) - Bekzod Qodirov (O'zbekiston)

Jamshidbek Najmiddinov (O'zbekiston) - Merab Turkadze (Gruziya)

Botirjon Zokirov (O'zbekiston) - Aleksandr Saltikov (Rossiya)

Asrorbek Rahimov (O'zbekiston) - Ismoiljon Holiqov (O'zbekiston)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: