SportUz.Net
photo photo

Bob Arum: "Meyvezer xohlaganda Loganni istalgan soniyada nokautga uchratgan bo'lardi"

10.06.2021 20:00    


Rasmni yuklab olish

"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum Floyd Meyvezer va Logan Pol o'rtasidagi jangni tanqid qildi.

"Bu hazil va kelishilgan hikoya. Men bu jangga besh cent ham to'lamagan bo'lardim. Hech kim bu jangdan so'ng jabr ko'rmasligini bilgandim va barchasi ssenariy bo'yicha ketdi. Meyvezer xohlaganda Loganni istalgan daqiqada nokautga uchratishi mumkin edi", - dedi Bob Arum.

Avvalroq, ekspertlar Floyd Meyvezer jangdagi bir vaziyatda Logan Polning qorin qismiga zarba berganini va bu Logan Polga qattiq zarar etkazganini, shundan so'ng Floydning o'zi klinchga intilib vaziyatni yumshatganini takidlashgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: