SportUz.Net
photo photo

Mayk Tayson yana ringga qaytadi

10.06.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Afsonaviy bokschi Mayk Taysonning murabbiyi Rafael Kordeyro Maykning yana ringga qaytishini elon qildi.

Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Tayson 2021 yilning sentyabr oyida jang o'tkazadi.

"Biz mashq qilishda davom etmoqdamiz. U sportchi, har doim mashq qiladi, lapa urish uchun zalga keladi. O'ylashimcha, sentyabr oyida bizda jang bo'ladi. Raqibning kimligini aniq bilmayman. Legends Only League kompaniyasi ushbu ish ustida ishlamoqda, muzokaralar o'tkazmoqda. SHunday qilib, biz sentyabr oyida jang qilamiz", - dedi Mayk Taysonning murabbiyi Kordeyro.

Eslatib o'tamiz, Mayk Tayson 2020 yilning noyabr oyida Roy Jons bilan ko'rgazmali jang o'tkazgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: