SportUz.Net

Bugun "Elorda Kubogi"da 1/2 final janglari o'tkaziladi, ringga chiqadiganlar orasida Olimpiada licenziantimiz ham bor

16.05.2024 13:00    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Astana shahrida davom etayotgan “Elorda Kubogi”ning ayollar o'rtasidagi bahslarida bugun yarim final janglari bo'lib o'tadi.

Bugungi janglarda terma jamoamiz azolaridan 7 nafari ringga ko'tariladi. Ular orasida Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti Sabina Boboqulova ham bor. U xitoylik bokschiga qarshi jang o'tkazadi.  

Bokschilarimizning raqibalari:

-48 kg: Saidaxon Rahmonova - Aygerim Sattibaeva (Qozog'iston)

-50 kg- Sabina Boboqulova - YU U (Xitoy)

-52 kg: Azizabonu Mamirova - Jazira Oraqbaeva (Qozog'iston)

-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Uidad Bertal (Marokash)

-63 kg: Ziyoda Yarasheva - Sonu (Hindiston)

-75 kg: Sohiba Ruzmetova - Jibek Jarasqizi (Qozog'iston)

+81 kg: Mohira Abdullaeva - Lazzat Kungeybaeva (Qozog'iston)


Malumot uchun, bugungi janglar bizning vaqt bilan soat 14:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: