SportUz.Net
photo photo

Amerikalik taniqli bokschi Bahodir Jalolovni "sindirish" haqida gapirdi

02.05.2024 07:57    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida amerikalik professional bokschi Jared Anderson Bahodir Jalolov haqida gapirdi.

Anderson talkSPORT nashri muxbiri bilan suhbatda og'ir vazn toifasining bo'lajak etakchilari haqida so'z yuritdi.

"Buni aytish qiyin, chunki bu vaznda bitta o'tkazib yuborilgan zarba tufayli kimdir faoliyatini tugatishi mumkin. Ha, juda qiyin. Ammo divizionimizda bir necha mahoratli bokschilar bor. Muxlislarga Jastis Huni yoqadi. 

Menimcha, u juda tajribali bokschi. Ko'ramiz, u nimaga erisha olar ekan. Bahodir Jalolov ham yaxshi. Menimcha, uni "sindirish" oson ish emas. Ammo ishonchim komil-ki, agar siz uning oldingi qo'lini aylanib o'tsangiz, juda sodda jang qilishini ko'rasiz", dedi Anderson.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: