SportUz.Net
photo photo

Iliya Topuriya UFC 305 turnirida Aleks Volkanovski bilan jang qilishdan bosh tortdi

30.04.2024 14:19    


Rasmni yuklab olish

Yarim engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriyaga oid kutilmagan yangilik paydo bo'ldi.

Unga UFC 305 turniri doirasida sobiq chempion Aleks Volkanovski bilan ikkinchi jangini o'tkazish taklif qilingan. Biroq Topuriya Volkanovskiga revansh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o'tamiz, Topuriya o'z kamarini aynan Volkanovskini mag'lub etib, qo'lga kiritgan edi.

Malumot uchun, UFC 305 turniri Volkanovskining vatani bo'lmish Avstraliyada o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: