"Uchtalik chempion"ning so'zlariga qaraganda, u o'z vatandoshi Rob Fontga qarshi jang o'tkazmoqchi. Font ayni paytda UFC reytingida 9-o'rinni egallab turibdi.
"Ey, Rob Font, xotinim ko'proq vaqtimni bolalarim bilan o'tkazishim kerakligini aytmoqda. SHunday ekan, kel 20 iyul kuni Las-Vegasdagi turnirda o'zaro jang o'tkazamiz. Darvoqe, Otalar Kuniga sovg'a olmadim deb o'zingni qiynaman. O'sha kuni men senga beradigan "sovg'alarim" ikkimizga ham etarli bo'ladi. SHartnoma qo'l qo'y, latta", - deya kurakda turmaydigan gaplarni aytgan Sexudo.
Eslatib o'tamiz, shu yilning fevral oyida Genri Sexudo davogarlar jangida Merab Dvalishviliga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Ayni paytda Genri divizion reytingida 5-o'rinni band etgan. Rob Font so'nggi ikki jangida Kori Sendxagen va Deyveson Figeredoga imkoniyatni boy bergan.
"Yangi daraja". Jon Jonsning UFC 309 turnirida kiyadigan ekipirovkasi taqdim etildi + FOTO
"Maxachev yoki Carukyanni mag'lub etib, engil vazndagi eng katta chempionga aylanaman"