SportUz.Net
photo photo

AQSHda UFC 300 turnirining yana bir jangchisi gonorari muzlatib qo'yildi

27.04.2024 20:38    


Rasmni yuklab olish

14 aprel oqshomida o'tkazilgan UFC 300 turniri ayrim jangchilar uchun omadsiz oqshom sifatida esda qolishi mumkin.

Gap shundaki, Nevada shtati Atletik komissiyasi ushbu turnirda jang qilgan ikkinchi aralash yakkakurash ustasining ham o'sha oqshom uchun kafolatlangan gonorarini bloklab qo'ydi. Buning natijasida braziliyalik Diego Lopes UFC 300 turniridagi gonorarini olomayapti. 

Bu haqda MMA Junkie jurnalisti Nolan King o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bermoqda. Nevada shtati Atletik komissiyasi Lopesning Sodik Yusuffni mag'lub etganidan keyin oktagon setkasidan oshib o'tgani uchun shunday yo'l tutgan.

Avvalroq, Atletik komissiya UFC 300 turnirida jang o'tkazgan Arman Carukyanning ham gonorarini muzlatib qo'ygandi. Bunday qaror qabul qilinishiga Armanning oktagonga chiqib kelish paytida tribunadagi muxlis bilan urishib ketgani sabab bo'lgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: