SportUz.Net
photo photo

Nursulton Ro'ziboev va Xoakin Bakli vazn o'lchash marosimida ishtiok etdi. Jang o'z kuchidami?

10.05.2024 19:38    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Sent-Luis shahrida UFC Fight Night turniri oldidan vazn o'lchash marosimi start oldi.

Musobaqaning co main event'ida jang qiladigan hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev hamda uning raqibi, yarim o'rta vazn toifasida UFC reytingida o'n birinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi.

Unga ko'ra, Ro'ziboev jang oldidan 77,2 kg tosh bosdi. Uning raqibi Xoakin Bakli esa 77.1 kg vazn qayd etdi. Jang o'z kuchida qoldi.

Malumot uchun, musobaqa 12 may tongida o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: