SportUz.Net
photo photo

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kuchli tarkib bilan qatnashamiz, Astanaga Olimpiada licenzianti ham boradi

24.04.2024 09:00    


Rasmni yuklab olish

Ertaga Qozog'istonning Astana shahrida boks bo'yicha yoshlar, yani 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida Osiyo chempionati boshlanadi.

Qitamizning 30 ga yaqin davlatidan 400 nafardan ziyod bokschilar ishtirok etadigan nufuzli musobaqada O'zbekiston yoshlar va qizlar terma jamoalari ham to'liq tarkibda yurtimiz sharafini himoya qiladi. Delegaciyamiz kuchli tarkibda musobaqa manziliga etib bordi. Tarkibdan Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti Nigina O'ktamova (54 kg) ham bor.  

Malumot uchun, 2023 yilning yanvar oyida Tailandning Bangkok shahrida o'tgan so'nggi ASBC U22 Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi 14 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagan edi.

Bu galgi Osiyo chempionatida 2002, 2003, 2004 va 2005 yillarda tug'ilgan yoshlar 22 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi musobaqada medallar uchun bahs olib boradi. 2006 va 2007 yillarda tug'ilgan bokschilar esa o'smirlar o'rtasidagi musobaqada ishtirok etadi. 

22 yoshgacha bo'lgan bokschi qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Nigina O'ktamova (54 kg)dan tashqari Farzona Fozilova (48 kg), Gulsevar G'anieva (50 kg), Feruza Kazakova (52 kg), Mohinabonu Abdullaeva (63 kg), Aziza Zokirova (75 kg) va Oltinoy Sotimboeva (81 kg) medallar uchun ringga ko'tariladi. 

O'smirlar o'rtasidagi qita chempionatida esa Jasmin Tohirova (48 kg), Zilolaxon Yusufova (52 kg), Uzukjamol Yunusova (54 kg), Ruxshona SHakarova (66 kg), uch karra Osiyo chempioni Oysha Toirova (70 kg), Sanobar Bozorboeva (75 kg) va Sobiraxon SHahobiddinova (+81 kg) yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

22 yoshgacha bo'lgan bokschi yigitlar musobaqasida kattalar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi SHodiyorjon Meliqo'ziev (48 kg), Osiyo chempioni Asilbek Jalilov (51 kg), Xo'janazar Nortojiev (54 kg), SHavkatjon Boltaev (67 kg), Javohir Ummataliev (75 kg),  Fazliddin Erkinboev (80 kg) hamda Bahodir Jalolovning izdoshi sifatida qaralayotgan Jahongir Zokirov ringga chiqadi. 

O'smir yoshdagi bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida esa Abdulaziz Abdunazarov (51 kg), Sobirjon Tastanov (54 kg), Mironshoh Norqosimov (60 kg), Abdulloh Tohirov (63,5 kg), Maxsudxon Meliev (92 kg) va SHahzod Polvonov (+92 kg) o'z mahoratini namoyish etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: