Unga ko'ra, Bahodir Jalolov mart oyidagi o'rnini saqlab qoldi - 12-pog'ona! SHahram G'iyosov va Olimjon Nazarov o'tgan oydagi reyting o'rinlariga nisbatan bir pog'onaga ko'tarilib olishgan. Bektemir Meliqo'ziev va Hasanboy Do'smatov aksincha, bir o'ringa pastlashgan.
Reytingdan 8 nafar bokschimiz o'rin olgan:
Superog'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagi kabi 12-o'rinda qolgan;
Supero'rta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqo'ziev bir pog'ona pastladi va 14-o'ringa joylashdi;
Yarimo'rta vazn (66,6 kg): SHahram G'iyosov o'tgan oydan bir pog'ona yuqorilab, 11-o'rinni egallagan bo'lsa; Jahongir Rasulov bir pog'onaga pastladi - 33-o'rin;
Birinchi yarimengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliev 4-o'rinda qoldi; Mirazizbek Mirzaxalilov bir pog'onaga pastlab, 27-o'rinni band etdi;
Engil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov 1 pog'ona yuqorilab, 31-o'ringa joylashdi;
Birinchi o'ta engil vazn (47,6 kg): Hasanboy Do'smatov bir pog'onaga pastladi - 6-o'rin.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi