"Bu aniq urush bo'ldi, ayniqsa, meni qay tarzda uxlatib qo'yganini inobatga olsak. Lekin men tugatmadim. Kelajakda yana jang qilaman, faqat qo'limdan kelgan uslub bilan.
Men jang uslubimni o'zgartirishni xohlaganimda ham, buning imkoni yo'q. SHunday ekan, keyingi safar oktagonga chiqqanimda, ishonchingiz komil bo'lsin, dunyodagi eng zo'r shouni ko'rasiz", - dedi Getji.
Eslatib o'tamiz, Jastin 14 aprel kuni Maks Xollouey bilan jang qilib, beshinchi raund yakunlanishiga ikki soniya qolganida nokautga uchragan edi.
Jangiga 5 kun qolgan 46 yoshli Menni Pakyao ayni paytdagi aktual formasini ko'rsatdi + FOTO