SportUz.Net
photo photo

ESPN: Terens Krouford navbatdagi jangini Isroil Madrimovga qarshi o'tkazadi

20.04.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

Yarimo'rta vazn (66,7 kg.gacha) toifasida WBC, WBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi Terens Krouford navbatdagi jangini Isroil Madrimovga qarshi o'tkazadi.

Bu haqda ESPN telekanali vaziyatga yaqin manbalarga tayangan holda xabar bermoqda. Hamyurtimiz birinchi o'rta vazn (69,9 kg.gacha) toifasida WBA chempioni bo'lib turibdi. ESPN bergan xabarga ko'ra, ushbu jang 3 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadi. 

Malumot uchun, o'tgan yilning 30 iyul kuni Krouford hamyurti Errol Spensning to'qqizinchi raundda texnik nokautga uchratib, yarimo'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. Amerikalik chempion prof ringda o'tkazgan 40 ta jangining barchasida g'alaba qozongan, 31 ta jangda nokaut qayd etilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: