SportUz.Net
photo photo

Rayan Garsiya Xeyniga qarshi jang oldidan vazn meyorini bajara olmadi

20.04.2024 11:38    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida katta professional boks oqshomi o'tkaziladi.

Kechaning markaziy jangi birinchi yarimo'rta vazn toifasi chempionligi uchun Devin Xeyni (31-0, 15 KO) hamda Rayan Garsiya (24-1, 20 KO) o'rtasida bo'lib o'tadi. Bugun tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlari tashkil etildi. Xeyni birinchi yarim o'rta vaznda WBC chempioni bo'lib turibdi. 

Etiborlisi, markaziy jang ishtirokchisi Rayan Garsiya tarozida belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. Garsiya ko'pi bilan 63,5 kg vazn ko'rsatishi kerak edi. Lekin u belgilangan meyordan 1,4 kg ko'p tosh bosdi. Bizdagi malumotlarga ko'ra jangda Xeyniga tegishli WBC kamari o'rtaga qo'yilmaydi. Devinning jamoasi Garsiyadan har bir ortiqcha funt uchun 500 ming dollar jarima talab qilmoqda. 

Malumot uchun, amerikalik 25 yoshli Rayan Garsiya professional boksda 2016 yilda debyut qilgan. 2021 yilning yanvarida vaqtinchalik WBC kamari uchun britaniyalik Lyuk Kempbellga qarshi jang o'tkazib, raqibini nokautga uchratgandi. 2023 yilning aprelida faoliyatidagi ilk va hozircha yagona mag'lubiyatini qabul qilib olgan. Bir yil oldin u uchta vazn chempioni Jervonta Devisga nokaut bilan yutqazib qo'ygandi.

Devin Xeyni esa so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida hamyurti Rejis Progreysga qarshi o'tkazgandi. O'sha jangda u g'alaba qozonib, birinchi yarimo'rta vazn toifasidagi WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Ertangi prof boks oqshomi DAZN PPV pullik platformasida translyaciya qilinadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: