SportUz.Net
photo photo

Temirov raqibi yiqilganidan so'ng berilgan zarba bo'yicha izoh berdi

20.04.2024 10:57    


Rasmni yuklab olish

Aralash yakkakurash ustamiz Azizbek Temirov kechagi holat bo'yicha muxlislaridan uzr so'radi.

Octagon 57 turnirida Azizbek Temirov qozog'istonlik Kanatbek Muratni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. Azizbekning raqibi yiqilganidan so'ng bergan zarbasi ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. 

Hamyurtimiz ushbu vaziyat bo'yicha izoh berdi:

"Qo'llab-quvvatlagan hammaga rahmat. Jangda raqibimga yo'llangan ikkinchi zarbam ortiqchaligini bilaman. Emociyada urib qo'yganman, har qanday jangchi uraman deb oktagonga chiqadi. Refleks, o'zim bilmagan holda urib qo'ydim. Bu vaziyatni faqat jangchilar tushunadi. Hammadan uzr so'rayman, bilaman - chiroyli ish qilmadim. To'g'ri tushunasiz degan umiddaman. G'alaba ham, mag'lubiyat ham Allohdan", - dedi, Temirov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: