SportUz.Net
photo photo

Otabek Xolmatov jarrohlik amaliyotidan keyin ilk bor fikr bildirdi

19.04.2024 14:57    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, WBA kamari uchun sobiq davogar, yarim engil vazn toifasidagi professional bokschimiz Otabek Xolmatov jarrohlik stoliga yotdi.

Hamyurtimiz shu yil amerikalik Raymond Fordga qarshi WBA chempionlik kamari uchun kechgan jangda alamli mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. So'nggi 12-raund yakunlanishiga 7 soniya qolgan bir paytda Ford charm qo'lqop ustamizni texnik nokautga uchratgan edi. 

Xolmatov jarrohlik amaliyotidan keyin ilk bor fikr bildirdi.

"Hammaga assalomu alaykum, vatandoshlarim, do'stlarim. Tizzamdagi jarohatim muvaffaqiyatli operaciya qilinganini sizlarga mamnuniyat bilan etkazishdan xursandman. CHempionlik jangining boshida tizzamdan jarohat oldim. Jang davom etar ekan, jarohatim oyog'imdagi har bir harakat bilan yomonlashib bordi. Men har bir raundda oyog'imdagi kuch va tayanchni yo'qotayotganimni his qildim, to 12-raundgacha tizzam to'liq yorilib ketmaguncha. Oyoqlarim menga quloq solmay qo'ydi. Jangdan keyin shifokor tashxis qo'yib, tizzamning pay qismi to'liq yirtilishi, lateral va medial menisk. Natijadan randidim. Lekin g'alaba va mag'lubiyat Allohdan! Menga berilgan tajriba hamda sinov uchun Yaratganga shukur. Meni professional shifokorlar operaciya qilishdi. Qo'llab-quvvatlagan insonlarga rahmat aytaman. Imkon qadar tezroq tiklanib, ringga kuchli bo'lib qaytishga harakat qilaman. Qaytganimdan keyin chempionlik kamari kimda bo'lsa ham, uni tortib olish uchun astoydil kurashishga vada beraman", - dedi Xolmatov. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: