SportUz.Net
photo photo

Volkanovski: "Odamlar Xolloueyda barchasi tugadi deb o'ylashgandi"

19.04.2024 10:57    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Aleksandr Volkanovski Xolloueyning Getjiga qarshi jangi haqida gapirdi.

"Karddagi eng muhim jang Maks Xollouey va Jastin Getji o'rtasida bo'ldi. Men barchaga Xolloueyni hisobdan chiqarish kerak emasligini aytgandim. Odamlar ushbu jang haqida gapirishganida, yigitlarning darajasi turlicha ekanligini aytishgandi.

Men Xollouey raqibini nokautga uchratishini aytmagandim. Ammo Maksda o'zini ko'rsatish uchun va g'alaba qozonish yaxshi imkon borligini his qilgandim. 

Maks turli jabhalarda g'olib bo'ldi, keyin esa - bum. Mana shunisini men kutmagandim. Aqlbovar qilmas chiqish.

Bizning o'zaro jangimizdan so'ng odamlar Maksda barchasi tugadi deb o'ylashgandi. Ammo bunday emas. U doim yaxshi formada bo'lgan", - dedi Volkanovski.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: