SportUz.Net
photo photo

Rasman. UFC rossiyalik ikki taniqli yakkakurash o'rtasidagi jangni tasdiqladi + POSTER

02.05.2024 09:57    


Rasmni yuklab olish

22 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.

Ushbu oqshomdan o'rin olgan bir jang rasman tasdiqlandi. Unga ko'ra, og'ir vazn toifasida UFC reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan rossiyalik Sergey Pavlovich reytingning oltinchi pog'onasidagi hamyurti Aleksandr Volkov bilan to'qnash keladi.

Avvalroq, har ikki jangchining jamoasidagilar mazkur jangni bekor qilishga harakat olib borishgandi. Oxir-oqibat UFC mazkur jangni rasman tasdiqladi.

Malumot uchun, Ar-Riyoddagi turnirning markaziy jangi Xamzat CHimaev va Robert Uittaker o'rtasida kechadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: