SportUz.Net
photo photo

Qodirxon G'aniev ilk bor o'z kamarini himoya qiladi. Raqib va jang manzili aniq + POSTER

18.04.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida Rossiyaning Open FC MMA ligasi chempioni, hamyurtimiz Qodirxon G'anievning (10-5-0) navbatdagi jangi elon qilindi.

G'aniev o'zining ilk kamar himoya jangini 18 may kuni Rossiya Federaciyasining Samara shahrida tashkil etiladigan Open FC 42 turnirida o'tkazadi. O'sha kuni sportchimizga mezbonlar vakili Aleksey Bukarev raqiblik qiladi.

Eslatib o'tamiz, Qodirxon G'aniev so'nggi jangini 2023 yil oktyabr oyida rossiyalik Oleg Kubanovga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin zafar quchgan edi va chempionlik kamariga ega chiqqan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: